2025 yil iyun oyida Zomin tumanida röy bergan holat apellyatsiya sudida körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur jinoyat işi JIB Zomin tuman sudida körib çiqilib, 2025 yil 10 dekabrda hukm e’lon qilingan. Unga köra, 1994 yilda tuğilgan, “Zomin” sanatoriysida feldşer bölib işlagan O.T. (erkak) Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismi va 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sudning hukmi bilan O.T.ga 3 yil barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil-koloniyalarda ötaş belgilangan.

Jizzax viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2026 yil 24 fevraldagi ajrimiga asosan birinçi instansiya sudi hukmi özgarişsiz qoldirilgan.

Sud qarorlari ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Jizzax viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga taftiş tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilindi.

Fojia Zomin tumanida 2025 yil 23 iyun kuni röy bergandi. Xorazm viloyati Urganç şahridan bir oila dam oliş maqsadida Zomin tumanidagi toğli qişloqqa kelgan. Ular mahalliy aholi uylaridan birida yaşaş uçun töxtagan. Taxminan soat 19:30 larda oilaning ikki yoşli öğli xonadondan çiqib ketgan va izsiz yöqolgan. Bir neça kun ötib, bolakayning jasadi uydan taxminan bir kilometr uzoqlikdagi tepalikdan topilgandi.