Hodisa 8 may kuni Ulan-Ude şahridagi quriliş maydonida sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, minorali kran operatori ehtiyotsizlik qilib, quriliş havozasiga şikast yetkazgan. Oqibatda xavfsizlik kamarisiz işlayotgan ikki nafar özbekistonlik işçi 7-qavat balandligidan pastga qulagan.

Jabrlanganlardan biri oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib ketilgan. Ikkinçi fuqaro esa olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi ma’lum qilişiça, hodisa ortidan Buryatiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan doimiy aloqa örnatilgan va vaziyat alohida nazoratga olingan.

Mazkur holat böyiça Rossiya Jinoyat kodeksining mehnat xavfsizligi talablarini buziş bilan boğliq moddasi asosida jinoyat işi qözğatilgan.

Ayni paytda Özbekiston diplomatlari va Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi hamkorligida halok bölgan fuqaroning jasadini Özbekistonga olib keliş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.