Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lish taqiqlanadi
Bangladesh transport vazirligi mamlakatdagi barcha oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lishni taqiqlaydi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bunday qarorga sabab Bangladesh poytaxti Daqqadagi ko‘p kilometrlik tirbandliklar bo‘ldi. Ular mamlakatda jiddiy iqtisodiy va ekologik muammolar keltirib chiqarmoqda.
Oilalarga mashinalar miqdorini cheklash haqidagi qoida avtotransport haqidagi qonun loyihasiga kiritildi. Qoida yakuniy tasdiqlash uchun vazirlar mahkamasiga taqdim qilinadi, so‘ngra parlamentga muhokamaga olib chiqiladi.
Ta'kidlanishicha, Daqqa dunyoning eng gavjum shaharlaridan biri hisoblanib, unda mashinalar miqdorining oshishi sur'atlari butun mamlakatdagidan bir necha barobar ko‘proqni tashkil qiladi. O‘tgan yili mamlakatda 21 mingta yangi avtomobil ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan 18,5 mingtasi Daqqaga to‘g‘ri kelgan.
Ta'kidlanishicha, aholining shaxsiy transportdan foydalanishiga jamoat transportining yomon ishlashi undamoqda.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
13:18 / 01.12.2025