Jahon | 23:28 / 26.09.2016
7333
1 daqiqa o‘qiladi

BMT aprel oyidan beri ilk marta Suriyaning to‘rtta shahriga yordam yetkazdi

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi aprel oyidan beri ilk marta Damashq chetida joylashgan Madaya va Zabadani shaharlariga, shuningdek, Idlib provinsiyasidagi Al-Fua va Kefraya aholi pnktlariga gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda BMT Bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xak jurnalistlarga ma'lum qilgan.

"Gumanitar yordam apreldan buyon ilk marta mana shu shaharlarga yetkazildi", - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 45 ta yuk mashinasi 25 sentabrda manzilga yetib borgan. Xakning ma'lum qilishicha, ushbu oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir oy davomida 60 mingga yaqin kishini ta'minlash mumkin. Bundan tashqari, dasturga muvofiq Madaya va Zabadanidagi 250 nafar bola uchun qo‘shimcha oziq-ovqat mahsuloti ham yuborilgan.

BMT ma'lumotiga ko‘ra, Suriyada bugungi kunga kelib jami 5 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj.
 

Mavzuga oid