Vaşington Afğonistonni qamrab olgan humanitar falokatga qaramay, uşbu mamlakatga körsatilayotgan xalqaro yordamni qayta körib çiqişni talab qilmoqda. AQŞning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uols 9 mart, duşanba kuni BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişida sözga çiqib, Afğonistonga yordam uçun ajratilayotgan barça mablağlarni sinçiklab qayta tekşiriş zarurligini bildirdi. U buni toliblarning murosasizligi va ayollarning eng asosiy huquqlardan mahrum etilayotgani bilan izohladi.

Uning ta’kidlaşiça, Afğonistonga kömaklaşiş böyiça BMT missiyasi — UNAMA butun dunyodagi BMT maxsus missiyalari orasida eng katta budjetga ega. Uşbu missiyaning mandati kelasi hafta tugaydi. Uols BMTning afğon ayol xodimalari hatto öz ofislariga kiriş huquqiga ham ega emasligini qattiq tanqid qildi.

Toliblar 2021 yil avgust oyida Afğonistonda hokimiyatga kelganidan beri ayollar huquqlarini bosqiçma-bosqiç çeklab kelmoqda, jumladan, ularga ta’lim oliş va işlaşni taqiqlab qöygan.

BMT ma’lumotlariga köra, 17 milliondan ortiq afğon, ya’ni mamlakat aholisining uçdan bir qismi oziq-ovqatning ötkir taqçilligidan aziyat çekmoqda. 4,9 million ayol va bola davolanişga muhtoj.

UNAMA rahbari vazifasini bajaruvçi Jorjyett Ganon moliyalaştirişning qisqarişi inqirozni yanada kuçaytirişidan ogohlantirdi. Uning sözlariga köra, 2026 yil uçun zarur bölgan 1,71 milliard dollarning faqat ön foizigina moliyalaştirilgan.

Pokiston bilan qariyb ikki haftadan beri davom etayotgan mojaro va AQŞ hamda Isroilning Eronga qarşi uruşi tufayli Afğoniston–Eron çegarasidagi oğir vaziyat sabab Afğonistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oşib bormoqda.