Jahon | 23:01 / 26.09.2016
5135
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliya sobiq bosh vaziri BMT Bosh kotibligiga nomzodlar ichida peshqadamlik qilmoqda

Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish BMT Bosh kotiblik lavozimiga saylanish poygasida peshqadamlik qilmoqda. BMT Xavfsizlik kengashi 26 sentabrda ovoz berish jarayonining beshinchi raundini o‘tkazdi. Uning natijasini Rossiyaning BMTdagi doimiy a'zosi Vitaliy Churkin ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Guterrish 12 ta qo‘llab-quvvatlov ovozini qo‘lga kiritgan. Unga qarshi ikkita ovoz berilgan, bir ovoz esa “o‘z fikrini bildirmagan”. Guterrish bu natija bilan 9 sentabrda o‘tkazilgan raundda g‘olib bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinda esa Serbiya TIV sobiq rahbari Vuk Yeremich bormoqda. Uni yoqlab oltita ovoz berilgan. Uchinchi o‘rinda esa Slovakiya TIV rahbari Miroslav Laychak qayd etilgan. To‘rtinchi o‘rinda Argentina TIV rahbari Susana Malkorra e'tirof etilgan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid