O‘zbekiston | 17:27 / 26.09.2016
8315
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Senati turli hukumat idoralari va qo‘mitalarining hisobotini qabul qiladi

 
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2016 yil 23 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonunning 18 moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Senati zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida hukumat a'zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin. 

Senatning hukumat a'zolarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuboriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi. 

Shu bilan birga, mazkur qonunda belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid