AQŞ Senatidagi Respublikaçilar partiyasi vakillari Rossiya, Eron va KXDRga qarşi sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasiga qarşi çiqişmoqda. Bu haqda öz manbasiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatdi.

Manba sözlariga köra, iyun oyida Senat faqat Rossiya va Eron bilan munosabatlardagi sanksiyalarni ma'qullagandi. Uning qayd etişiça, respublikaçi senatorlar KXDRga qarşi sanksiyalar qöşilişi qonunçilik jarayoninini sekinlaştirişidan xavfsiraşmoqda.

Bundan avvalroq Senatning xalqaro işlar böyiça qömitasi raisi Bob Korker AQŞ senatiga Rossiya, Eron va KXDRga qarşi sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasi avgust oyidagi ta'tillardan avval ovoz beriş uçun qaytarilişi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Politico naşriga köra, «Rossiyaga qarşi sanksiyalar borasida ikki partiya örtasida kelişuvga erişiş uçun muhlat paydo bölişi va loyiha şu oyning özida prezident Tramp kabinetiga yetkazilişi» mumkin. 

Rossiyaga qarşi sanksiyalar böyiça loyiha demokratlar Trampning mazkur çoralar böyiça harakatlarini çeklaşlariga xalal beradigan özgarişlarga qarşi çiqayotgani sababli muallaq qolgandi.