Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kosmodromi suv ostida qoladi
NASAning AQSh Florida shtati Kanaveral burni yaqinidagi Kennedi kosmik markazi — global iqlim o‘zgarishlari tufayli suv ostida qoladi, deb xabar qilmoqda Gizmodo sayti kosmik agentlik vakillariga tayangan holda.
Jahon okeani sathining ko‘tarilishi aksariyat uchirish maydonlari va fazogirlar tayyorlanadigan ko‘plab majmualarining suv ostida qolishiga olib kelishi bilan xavotirlidir. Shu bilan birga, bu markazning sohilbo‘yida joylashishi aholi punktlari xavfsizligini ta'minlash uchun zarur. Hozirda, bu holatning oldini olish maqsadida to‘g‘onlar barpo etilmoqda, ayrim muhim idoralar mamlakat ichkarisiga ko‘chirilmoqda. Ammo, global havo harorati ko‘tarilishi to‘xtamasligi hisobga olinsa, AQSh mavjud majmualarni boy beradi.
NASA strategik infratuzilmalari boshqarmasi xodimi Kim Tufektisning so‘zlariga ko‘ra, agentlik Kennedi markazining kelajagi tahdid ostida ekanini juda yaxshi anglab turibdi. Biroq, Florida universiteti olimlarining ishonch bildirishlaricha, bu muammoga yaqin vaqtgacha panja ortidan qarab kelingan. Xatarning jiddiyligi «Sendi» to‘fonidan keyin yaqqol ko‘zga tashlangandi. Dovul oqibatida kosmik majmuaga talofat yetgan edi.
Hozirda, Kennedi markaziga asosan dengiz sathining ko‘tarilishi va to‘lqin quvvatining oshishi xavf solayapti. Mamlakat hukumati, bosqichma-bosqich ravishda majmuani sohilbo‘yidan ko‘chirish ustida ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026