Apple xodimi iPhone 8 ustida ishlanayotganidan xabardor qildi
Business Insider nashri Apple’ning Isroildagi ofisidagi xodimdan kompaniyaning keyingi flagman smartfoni iPhone 8 nomini olishini bildi. O‘rtada iPhone 7s’ning o‘tkazib yuborilishiga smartfon dizaynining keskin o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin: kompaniya displey atrofidagi ramkalarni ishlatmoqchi emas.
Kompaniyaning Gertsliyadagi idorasi yonida gaplashishga muvaffaq bo‘lingan xodimning aytishicha, ayfonlarning keyingi avlodi avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Xodimning hamkasblari iPhone 8 ustida ishlashmoqda. Xodimning o‘zi nashrning tegishli savolisiz bu nomni o‘zi eslab o‘tgan.
Kompaniyaning bu idorasi nima bilan shug‘ullanishi suhbat chog‘ida aniqlashtirilmadi, idoradagi qo‘riqchi esa jurnalistlarni haydab yuborgan. Yaqin orada joylashgan Cisco kompaniyasida ishlovchi va Apple’ning uch xodimi bilan tanish bo‘lgan kimsaning aytishicha, Gertsliyadagi idora smartfonning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
9to5Mac ma'lumotlariga ko‘ra, Isroildagi ofis 2015 yilda ochilgan va u yerda 800 kishi ishlaydi. Bu ofisda qandaydir chiplar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishadi. Nashr mualliflari fikricha, Isroildagi ofis xodimlari keyingi ayfon qanday nomlanishini bilishlari mumkin emas.
Ba'zi manbalarga ko‘ra, yangi ayfonning korpusi to‘liq shishadan tayyorlanadi, ekrani esa ramkasiz bo‘ladi. Barmoqlar izi datchigi, dinamik va old kamera qandaydir usul bilan displeyga sezilmaydigan qilib o‘rnatiladi.
Oxirgi yillarda kompaniya har sentabr oyi yangi avlod ayfonlarini taqdim qilib kelmoqda. An'anaga ko‘ra, «s» qo‘shimchasi bo‘lgan modellar oraliq modellar bo‘lib, ularda keskin tashqi o‘zgarishlar bo‘lmaydi, balki smartfon samaradorligi oshirilgan bo‘ladi.
Joriy sentabrda kompaniya iPhone 7 va iPhone 7 Plus’ni taqdim qilgandi.
Mavzuga oid
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024