Jahon | 20:37 / 28.09.2016
5449
1 daqiqa o‘qiladi

Bill Klinton Isroilga, Peresning dafn marosimiga boradi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton Isroilga, mamlakatning sobiq prezidenti Shimon Peresning dafn marosimiga qatnashish uchun yo‘l oladi. Bu haqda matbuot kotibi Enjyel Urena tvitterdagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

Ayni damda AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton ushbu marosimda ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda Daily Mail saylovoldi shtabi matbuot kotibi Jyennifer Palmiyerining ma'lumotiga asoslanib.

Ma'lum qilinishicha, dafn marosimi vaqtida Hillari Shimoliy Karolinaning Sharlott shahrida saylovoldi kampaniyasida qatnashayotgan bo‘ladi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid