Jahon | 23:36 / 29.09.2016
8228
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: AQSh Rossiya bilan Suriya bo‘yicha hamkorlikni 29 sentabrda to‘xtatadi

AQSh davlat kotibi Vashington Rossiya bilan Suriya bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatish yoqasida turganini aytdi.

"Biz hamkorlikni to‘xtatish yoqasida turibmiz, bu Suriyada yuz berayotgan bombardimonlar ortida oqilona qadamdir. Biz boshqa yo‘llarni qidiramiz", deb aytdi Kerri.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mariya Zaxarova Vashington jazavaga tushish yoqasida turganini kinoya bilan aytgandi.

Ta'kidlanishicha, hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha qaror 29 sentabrda qabul qilinadi.   

28 sentabrda Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni agar Rossiya Suriya armiyasining Halabga hujumini to‘xtatmasa, AQSh u bilan Suriya bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishidan ogohlantirgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid