Sönggi haftalarda Ukraina tomonidan Rossiya içkarisiga yönaltirilayotgan zarbalar köpaydi. Bu holat nafaqat front çiziğidagi vaziyatga, balki umumiy harbiy va siyosiy muvozanatga ham ta’sir qilmoqda. Tahlilçilarga köra, bunday zarbalar Rossiyani öz harbiy resurslarini qayta taqsimlaşga majburlaşdan taşqari, siyosiy va psixologik bosim hamda iqtisodiy muammolar törini vujudga keltirmoqda.
Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida şu haqda söz bordi.
— Ukrainaning Rossiya hududi içkarisiga tobora çuqurroq kirib borayotgan dron zarbalari frontdagi vaziyatga va ehtimoliy tinçlik muzokaralariga qandaydir ta’sir körsatadimi?
Anvar Yöldoşev: Albatta, ta’sir körsatadi. Ukraina tomonidan Rossiyaning içki hududlariga dronlar orqali berilayotgan zarbalar Rossiyani öz harbiy resurslarini qayta taqsimlaşga majbur qilmoqda. Xususan, u front çiziğidagi havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir qismini orqa hududlarga – neftni qayta işlaş zavodlari va harbiy işlab çiqariş obektlarini himoya qiliş uçun köçirişga majbur bölmoqda.
Bu esa, öz navbatida, frontdagi himoya tizimlarining zaiflaşişiga olib kelişi mumkin.
Şu jihatdan, Ukraina uçun bu zarbalar nafaqat harbiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega bölib, kelajakdagi muzokaralarda ma’lum darajada dastak vazifasini bajaradi. Ukrainaning asosiy maqsadi Rossiya hududlarini egallaş emas, balki uning harbiy va iqtisodiy infratuzilmasiga zarba beriş orqali frontni ta’minlaş imkoniyatlarini çeklaşdir. Jumladan, neftni qayta işlaş zavodlari va harbiy sanoat obektlariga hujumlar orqali logistika va ta’minot zanjirlariga bosim ötkazilmoqda.
Hozirgi vaziyat şuni körsatadiki, Ukraina bu yönalişda ma’lum natijalarga erişmoqda. Biroq bu holatni Rossiya ustidan töliq ustunlik sifatida baholaş töğri emas. Rossiya ham front çiziğida öz harbiy harakatlarini davom ettirmoqda va qarşilik körsatişda davom etyapti.
Kamoliddin Rabbimov: Sönggi bir-ikki yil içida Ukraina konfliktni asta-sekin Rossiya hududiga ham köçira boşladi. 2022–2024 yillarda töqnaşuvlar asosan Ukraina hududida keçayotgan edi. Biroq 2024 yilda Rossiya çegarasiga yaqin ayrim hududlar, xususan Sumi viloyati atrofida vaziyat özgardi va bu kutilmagan buriliş böldi. 2025 yilga kelib esa mojaro yanada çuqurlaşib, Rossiyaning içki hududlariga ham yetib bordi. Masalan, Sibir hududlaridagi strategik aviatsiya obektlariga qaratilgan operatsiyalar bunga misol böla oladi.
Bu orqali Ukraina şuni körsatmoqdaki: uruş faqat bir tomon uçun emas, balki har ikki tomon uçun ham maksimal darajada oğriqli va noqulay bölişi mumkin. Buning natijasi sifatida Rossiya içida ham muayyan beqarorlik va bosim sezilmoqda.
Masalan, 9 may harbiy parad yoki yirik iqtisodiy forumlar avvalgidek erkin va xavfsiz muhitda ötkazilmadi. Bu holat uruşning bevosita ta’siri içki hududlargaça yetib borganini anglatadi.
Umuman olganda, har qanday uruş boşida uni boşlagan tomon tez va oson ğalabani kutadi. Ammo qarşi tomonda ham resurs, aql va strategiya bor. Şu sababli uruş köpinça kutilganidan ança murakkab va uzoq davom etadi. Eng muhimi, uruşni bir tomon boşlaşi mumkin, lekin uni tugatiş faqat bir tomon irodasiga boğliq emas – buning uçun har ikki tomonning roziligi zarur.
Bugungi kunda Rossiya uçun bu uruş juda uzoq va qimmatga tuşayotgan mojaro bölib qolmoqda. Hatto tarixiy taqqoslaşlarda ham bu holat e’tiborni tortadi: Birinçi jahon uruşida Rossiya 1914 yildan 1918 yilgaça qatnaşib, keyin uruşdan çiqib ketgan edi. Hozirgi mojaro esa undan ham uzoq davom etmoqda.
Şuningdek, bu uruş nafaqat iqtisodiy, balki demografik va ijtimoiy jihatdan ham jiddiy oqibatlar keltirib çiqarmoqda. Rossiya va Ukraina kabi slavyan va pravoslav dunyosiga mansub davlatlar örtasidagi bu töqnaşuv ularning içki rivojlanişiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Agar uşbu resurslar tinç maqsadlarga yönaltirilganida, infratuzilma, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda katta natijalarga erişiş mumkin edi. Xulosa qilib aytganda, konfliktning Rossiya hududiga köçirilgani unga kuçli psixologik, siyosiy va iqtisodiy bosim ötkazmoqda.
Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.












