Jahon | 08:45 / 29.09.2016
8066
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy Arktikani o‘zlashtirish markazi ochishdi

Rossiya va Xitoy Arktikani sanoat jihatidan o‘zlashtirish uchun qutb injiniring va ilmiy-tadqiqot markazini ta'sis etishdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

Markaz negizida rossiyalik va xitoylik tadqiqotchilar hududni o‘rganish va fundamental tajribalarni o‘tkazish uchun jamoa yaratishadi.

Markazdagi ishning yo‘nalishlaridan biri sifatida Rossiyaning Arktika hududi va Sariq dengizning shelfi uchun muzlarga bardosh platformalar yaratilishi ma'lum qilindi. 
 
Tadqiqotchilar, shuningdek, qutb hududida betonlarning uzoq turishi, muhandislik inshootlarining ishonchliligi va kemalarga tushadigan muz yuklamalarini o‘rganishadi.
 
Loyihada Rossiyaning Uzoq sharq federal universiteti va Xitoyning Xarbin politexnika universiteti ishtirok etmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid