Shavkat Mirziyoyev Shimon Peresning vafoti munosabati bilan Isroil hukumatiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning vafoti munosabati bilan ushbu mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev atoqli Isroil davlat va jamoat arbobi, sobiq Prezidenti Shimon Peresning vafot etganligi munosabati bilan Isroil Davlati rahbarlari — Prezident Reuven Rivlin va Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga samimiy ta'ziya izhor etilgan maktublar yo‘lladi va marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi», — deyiladi xabarda.
Miyasiga qon quyilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres 28 sentabr kuni 93 yoshida vafot etdi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024