Jahon | 23:54 / 30.09.2016
4264
2 daqiqa o‘qiladi

British Airways aviakompaniyasi ekonom-sinf uchun bepul taomlarni bekor qiladi

British Airways aviakompaniyasi 2017 yil 11 yanvaridan Xitrou va Gatvik aeroportlariga yaqin masofali reyslarda ekonom-sinf uchun bepul taomlarni bekor qiladi, deb ma'lum qilindi kompaniya saytida.

Ma'lum qilinishicha, yo‘lovchilarga Marks & Spencer britan kompaniyasi bilan birgalikda yangi taomlar taklif qilinadi. Qiymati 5 funt sterlingni tashkil qiluvchi bu taomlar vegetarian, glyutensiz va parhezbop bo‘ladi.

Yo‘lovchilarga gazaklar, buterbrodlar va 1-5 funt sterlinglik mevalar taqdim qilinadi. Eng arzon alkogol ichimligi 4 funt sterlingga yaqin turadi. Taomlarga pul o‘tkazish yo‘li bilan haq to‘lasa bo‘ladi.      

Ta'kidlanishicha, 2017 yil yozidan bepul yegulik berish Stansted va London-Siti aeroportlaridan uchuvchi reyslarda ham bekor qilinadi.

RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya bu choralarni yo‘lovchilar qisqa masofali reyslarda beriladigan taomlardan noroziligi sababli qabul qildi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid