Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Apple patent qonunchiligini buzgani uchun 300 mln dollardan ziyod jarimaga tortildi
Texas shtati sudi Apple Inc. korporatsiyasini VirnetX Holding Corp. kompaniyasiga taalluqli texnologiyadan noqonuniy foydalangani uchun 302,4 mln dollar jarimaga tortdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Ma'lum qilinshicha, Apple VirnetX kompaniyasiga taalluqli ikkita patent qoidasini buzgan. Ulardan biri FaceTime videoqo‘ng‘iroqlar dasturi bo‘lsa, ikkinchisi abonentga raqamli tizimda telefilmlar va dasturlarni yetkazib beruvchi (VoD) dasturidir.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, VirnetX bir necha bor Apple’ga nisbatan da'vo kiritgan. Masalan, 2012 yilda ham mana shunday holat kuzatilgan edi. O‘shanda Apple 368 mln dollar to‘lashi kerak edi, biroq apellyatsiya sudi bu qarorni rad etgan edi.
Mavzuga oid
21:13 / 17.07.2026
Apple yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026