Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Klintonni samolyot bortida bir necha daqiqa kutib turishiga to‘g‘ri keldi
AQSh prezidenti Barak Obama Tel-Avivda samolyot bortida Bill Klintonni bir necha daqiqa kutib turishiga to‘g‘ri keldi. Ushbu holat videosi ABC News telekanali tomonidan tvitterda chop etildi.
Videoda Obama Billni bir necha bor chaqirayotgani, uning e'tiborini tortish uchun chappak chalib chorlayotgani, biroq sobiq prezident unga e'tibor bermayotgani tasvirlangan.
"Bill! Ketdik! Billi! Yur, uyingga tashlab qo‘yaman", deb chaqirgan Obama Klintonni.
Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Obama Klintonni qistagan chog‘da u prezident samolyoti trapi yonida kimdir bilan bamaylixotir gaplashayotgan bo‘lgan.
Klinton va Obama Tel-Avivda Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres dafn marosimida ishtirok etdilar.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026