Sinov Fransiyaning Tuluza şahrida bölib ötdi. Parvoz 3 soat 43 daqiqa davom etdi va samolyot taxminan 12,5 kilometr balandlikka kötarildi.
A350-1000ULR (Ultra Long Range — öta uzoq masofaga uçuvçi) samolyoti Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan Project Sunrise dasturi uçun maxsus işlab çiqilgan. Loyiha dunyodagi eng uzoq töxtovsiz yölovçi reyslarini yölga qöyişni maqsad qilgan.
Samolyotning asosiy vazifasi Sidney va London örtasidagi taxminan 18,5 ming kilometrlik masofani qönişsiz bosib ötişdan iborat. Buning uçun Airbus muhandislari samolyot konstruksiyasini takomillaştirib, fyuzelyajning orqa qismiga qöşimça markaziy yoqilği bakini örnatgan.
Natijada samolyotning uçiş masofasi standart A350-1000 modeliga nisbatan qariyb 1 800 kilometrga oşgan. Bu esa havo kemasiga 22 soatgaça uzluksiz parvoz qiliş imkonini beradi.
Birinçi sinov parvozi davomida mutaxassislar samolyotning uçiş xususiyatlari, şuningdek yangi yoqilği tizimi faoliyatini baholadi. Parvoz ikki oy davom etadigan sertifikatlaştiriş dasturining boşlanişi hisoblanadi.
Ayni paytda ikkinçi A350-1000ULR samolyoti ham yiğişning sönggi bosqiçida turibdi. Airbus ma’lumotiga köra, u yaqin vaqt içida dvigatellar va tört sinfli premium salon bilan jihozlanadi.
Kompaniya rejasiga köra, birinçi A350-1000ULR samolyoti 2027 yil aprel oyida Qantas aviakompaniyasiga topşiriladi.
Mutaxassislar fikriça, Project Sunrise dasturi fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik innovatsion loyihalardan biri bölib, u qit’alar örtasidagi parvozlarda an’anaviy masofa çeklovlarini sezilarli darajada kengaytirişi mumkin.
Airbus 22 soatgaça parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
13:00 / 06.06.20264 5332 min
Airbus kompaniyasi rekord darajada uzoq davom etadigan töxtovsiz reyslarni amalga oşiriş uçun möljallangan A350-1000ULR samolyotining ilk sinov parvozini ötkazdi. Yangi samolyot deyarli bir sutka davomida havoda qoliş imkoniyatiga ega böladi.








