Sport | 22:32 / 02.10.2016
6472
1 daqiqa o‘qiladi

APL. 7-turning oxirgi uchrashuvida «Arsenal» oxirgi daqiqadagi gol evaziga «Byornli»ni mag‘lub etdi

Angliya chempionatida 7-tur o‘yinlari yakunlandi. So‘nggi bellashuvda «Arsenal» «Byornli» mehmoni bo‘ldi va oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi.

O‘yinning oxirgi qismida raqibni jarima maydoniga qamagan "kanonirlar" oxirgi daqiqada maqsadlariga erishishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilganidan keyin Loran Koselni g‘alaba golini urdi.

Endi Arsen Venger shogirdlari 16 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashgan. «Byornli» 7 ochko bilan 13-o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati 7-tur.
Byornli – Arsenal 0:1 (0:0)
Gol: Koselni (90+3) 
Byornli – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Defur (Arfild, 62), Xendrik, Marni, Gudmundsson, Boyd, Vouks.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott, Djaka (El-Nenni, 71), Sanches, Ozil, Ivobi (Oksleyd-Chemberlen, 71), Kasorla.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid