Jahon | 23:21 / 02.10.2016
9953
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Afrikani davlat deb atadi

Buyuk Britaniya Konservatorlar partiyasi yig‘ilishidagi birinchi nutqida mamlakat tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Afrika qit'asini davlat deb atadi, deb xabar bermoqda Mirror.

"Barcha muammolarga qaramasdan, Afrikada umr ko‘rish davomiyligi bu davlat global iqtisodiy tizimga kirishi bilan hayratlanarli tarzda o‘sdi", deb aytdi Jonson.

Jonsonning ta'kidlashicha, 2000 yilda Efiopiyada umr ko‘rish davomiyligi 47 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, oxirgi vaqtda bu ko‘rsatkich 67 yilni tashkil qilmoqda. Zambiyada esa aholining o‘rtacha umr ko‘rishi davomiyligi 44 yoshdan 60 yoshgacha o‘sgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid