Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
Hukumat kelasi yil boshiga qadar taqiqni joriy etishga umid qilmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakatda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanganini tasdiqladi. Bu haqda u Dauning-stritdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi The Guardian.
«Bugun mamlakatimiz uchun muhim kun. Bu katta qadam, farzandlarimiz va kelajagimiz uchun haqiqiy o‘zgarishdir. Chunki bugun men hukumat 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlashini e’lon qilishim mumkin», dedi Starmer.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyadagi aksariyat ota-onalar bunday qarorni qo‘llab-quvvatlagan. Uning ta’kidlashicha, taqiqni chetlab o‘tishga uringan o‘smirlar jazolanmaydi. Hukumat kelasi yil boshiga qadar taqiqni joriy etishga umid qilmoqda. Bosh vazir britaniyalik o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash allaqachon hukumat tomonidan yirik texnologiya kompaniyalari bilan muhokama qilinganini eslatdi.
Bungacha Britaniyada o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi uchun «komendantlik soatini» joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazilgan edi. Olti haftalik sinov loyihasida butun mamlakat bo‘ylab 300 nafarga yaqin voyaga yetmagan bola ishtirok etdi. Tadqiqotchilar potensial cheklovlar o‘smirlarning ruhiyatiga qanday ta’sir qilishini bilishga urinishdi. Cheklov variantlari orasida ijtimoiy tarmoqlarni to‘liq taqiqlash, ulardan foydalanishni kuniga bir soatga cheklash va ulardan foydalanish uchun tungi komendantlik soati muhokama qilindi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026