BBC va Financial Times tomonidan 15 iyun kuni e’lon qilingan suriştiruv natijalariga köra, 2025 yil may oyida Kir Starmer bilan boğliq bölgan köçmas mulk obektlari va avtomobilga qarşi amalga oşirilgan yonğin hujumlari kengroq sabotaj va beqarorlaştiriş kampaniyasining bir qismi bölişi mumkin.

Londonning Markaziy jinoyat işlari sudi — Old Beyli sudi hay’ati mazkur iş böyiça ikki nafar şaxsni aybdor deb topdi. Ular 22 yoşli Ukraina fuqarosi Roman Lavrinoviç hamda ukrainalik kelib çiqişga ega bölgan 27 yoşli Ruminiya fuqarosi Stanislav Karpyukdir.

Jurnalistlar ta’kidlaşiça, uşbu yonğinlar tasodifiy jinoyat emas, balki Rossiyaga olib boruvçi izlarga ega keng qamrovli sabotaj, provokatsiya va dezinformatsiya kampaniyasi bilan boğliq bölişi mumkin.

Tergov materiallariga köra, Roman Lavrinoviç internet orqali EL taxallusidan foydalangan rus tilida sözlaşuvçi şaxs tomonidan yollangan. U bu aloqani telefonida El Money nomi bilan saqlagan.

BBC ma’lumotlariga köra, uşbu taxallus ortida 23 yoşli Yevgeniy Lyukşin yaşirinib turgan bölişi mumkin. Naşr uni yuqori lavozimli rossiyalik amaldorning öğli va diplomatik doiralar bilan aloqador şaxs sifatida ta’riflaydi.

Suriştiruvda Lyukşin axborot operatsiyalari sohasida tayyorgarlikdan ötgani, maxsus xizmatlar va propaganda tuzilmalari bilan boğliq şaxslar bilan aloqalarga ega bölişi mumkinligi ham qayd etilgan. Biroq u jurnalistlarning savollariga javob bermagan.

Financial Times tahlillariga köra, El Money Lavrinoviçni 2024 yil oxirida Telegram orqali yollagan. Öşa vaqtda ukrainalik şaxs Londonda qöşimça iş qidirayotgani haqida rus va ukrain tillaridagi guruhlarda e’lonlar joylaştirgan.

Naşrning yozişiça, uşbu şaxs turli operatsiyalarda iştirok etuvçilarga Rossiya fuqaroligini va’da qilgan, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni oçiqça maqtagan.

Jurnalistik suriştiruv mualliflarining fikriça, kampaniya Rossiya hududidan turib masofadan boşqarilgan. Buning uçun ijtimoiy tarmoqlar va Telegram platformasida soxta öta öng guruhlar taşkil etilgan. Ular orqali Buyuk Britaniyada vandalizm holatlari uyuştirilgan va jamiyatda qörquv hamda ziddiyatlarni kuçaytirişga qaratilgan materiallar tarqatilgan.

FT ma’lum qilişiça, tergov Telegram arxivlari, kriptovaluta hamyonlari ma’lumotlari, sud hujjatlari va ğarb rasmiylari bilan suhbatlar asosida olib borilgan. Unda El Money Rossiyada faoliyat yuritgani va Kremlni qöllab-quvvatlovçi NoName057(16) hakerlik guruhi bilan yaqin hamkorlik qilgani haqida ma’lumotlar keltirilgan.