Sport | 09:55 / 02.10.2016
4863
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada «Reyndjyers» muxlislari avtobusi ishtirokida fojiali YTH ro‘y berdi

Shotlandiya chempionatining 8-turida  «Partik»ka qarshi o‘yin tomoshasi uchun yo‘l olgan «Reyndjyers» jamoasi muxlislari avtobusi jiddiy yo‘l transport hodisasiga yo‘liqdi.

Avariya Kilmarnok shahri yaqinida, aylana yo‘l chorrahasida ro‘y bergan. Avtobus chap yonga ag‘darilib tushgan.

Avtobusda haydovchi bilan qo‘shib hisoblaganda 37 kishi bo‘lgan. YTH oqibatida 39 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan, yana 18 kishi jarohatlangan. Bir qancha og‘ir ahvoldagi yo‘lovchilar vertolyot orqali shifoxonaga olib ketilgan.

Jamoa halok bo‘lgan muxlisining oilasiga hamdardlik bildirgan, jamoa futbolchilari g‘alabani marhumga bag‘ishlashgan.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid