22:09 / 03.10.2016
5661

Britaniya riteyleri Google’ning yangi smartfonlarini taqdim etishidan oldin namoyish etdi

3 oktabr kuni Britaniyaning Carphone Warehouse do‘koni o‘z rasmiy saytida Google Pixel va Pixel XL smartfonlarining suratlari va texnik xususiyatlarini joylashtirdi. Lekin Google bu smartfonlarni keyingi kunda boshqa yangi qurilmalar bilan bir qatorda o‘z taqdimotida namoyish etishi kerak edi. Bu haqida Engadget nashri xabar berdi.

Katta e'tibor Google’ning o‘z xizmatlariga qaratilgan. Riteylerning suratlarida Allo messenjeri va Duo videochatining imkoniyatlari haqida ma'lumot aks ettirilgan. Google Photos haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan: yangi smartfonlar uchun cheksiz sondagi fotosuratlarni serverlarda saqlash imkoni beriladi. Saytda aytilishicha, "tez quvvat" olish funksiyasi yordamida 15 daqiqa quvvatlanishdan so‘ng telefon 7 soat ishlay oladi. Smartfonlar oq va qora rangda taqdim etilgan bo‘lib, bir-biridan ba'zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Yangi qurilmalar 4 yadroli Snapdragon 821 protsessorida ishlaydi va 4 GB operativ xotiraga ega bo‘ladi. Kichikroq modelga 2770 mA·s va katta modelga esa — 3450 mA·s sig‘imdagi akkumulyatorlar joylashtiriladi.

Tanlovga asosan o‘rnatilgan xotira 32 yoki 128 GB bo‘ladi, ammo uni 256 GB gacha bo‘lgan SD-xotira yordamida kengaytirish mumkin. Lekin Android Police nashrining fikriga ko‘ra, riteyler tomonidan qo‘shimcha xotira haqida berilgan bu ma'lumot xato hisoblanadi.

Google Pixel 5 dyuymli ekran (1920 ga 1080 nuqta) va Gorilla Glass 4 himoya shishasiga ega bo‘lib, Google Pixel XL ning displeyi esa 5,5 dyuymni tashkil etadi. Smartfonlarda Google ning oxirgi dasturiy ta'minoti — Android Nougat 7.1 o‘rnatilgan bo‘ladi. Har bir modelga 12 Mp va 8 Mp bo‘lgan old va orqa kameralari joylashtirilgan.

 

Top