Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
Googleʼning Verily bo‘linmasi AQShning Florida va Kaliforniya shtatlarida xavfli kasalliklarni tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashish maqsadida 32 million maxsus chivinni tabiatga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.
Google kompaniyasi jamoat salomatligi sohasidagi eng yirik loyihalaridan birini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Loyiha doirasida xavfli infeksiyalarni tarqatuvchi chivinlar populyatsiyasini qisqartirish uchun maxsus tayyorlangan chivinlardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Tajriba dastlab AQShning Kaliforniya va Florida shtatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun kompaniya mamlakat Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligidan maxsus ruxsat olish jarayonini boshlagan.
Tashabbusni Googleʼning bosh kompaniyasi Alphabet tarkibiga kiruvchi Verily kompaniyasi ilgari surmoqda. Rejaga ko‘ra, tabiatga 32 million dona erkak chivin qo‘yib yuboriladi. Ular volbaxiya bakteriyasi bilan zararlangan bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, erkak chivinlar insonlarni chaqmaydi. Ular Culex turiga mansub urg‘ochi chivinlar bilan juftlashadi. Natijada tug‘iladigan avlod yashab qolmaydi va vaqt o‘tishi bilan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi chivinlar soni kamayadi.
Loyihaning asosiy maqsadi denge, Zika virusi, chikungunya, sariq isitma hamda Sent-Luis ensefaliti kabi kasalliklarni tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashishdan iborat.
Kompaniya chivinlarni ko‘paytirish, saralash va tarqatish jarayonlarida sun’iy intellekt hamda robotlashtirilgan tizimlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Google vakillari bu usul dastur samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026