19:30 / 03.10.2016
6327

Facebook ish kostyumidagi mushuk surati uchun blogerning akkauntini bloklab qo‘ydi

Hindistonlik bloger Varun Krishnanning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ish kostyumidagi surat uchun tarmoq ma'muriyati tomonidan bloklab qo‘yildi. Bu haqida dushanba kuni Mashable xabar berdi.

Krishnanning so‘zlariga ko‘ra, do‘stiga qiziqarli surat yuborganidan so‘ng uning sahifasi o‘chirib tashlangan.

«Men WhatsApp'da do‘stlarim bilan muloqot qildim va menga mushukning suratini jo‘natishdi. U juda ham yoqimli edi va men darhol suratni o‘z do‘stimga yubordim», — degan u.

«Surat yuborilgach, Facebook Krishnandan o‘z shaxsiy ma'lumotlarini qaytadan kiritishini talab qilgan.  Nima bo‘layotganini tushungunimga qadar, mening barcha devayslarim ijtimoiy tarmoqdan o‘chib ketgan edi. Hattoki, kompyuterda sahifam bloklangan edi. Keyin Messenger dasturi orqali menga Facebook'dan o‘chib ketganim haqida xabar keldi. Mening barcha yozuvlarim, suratlarim yo‘qolib qoldi. Mushukning surati tufayli ular bir necha soniya ichida tarmoqdagi barcha menga tegishli narsalarni butunlay o‘chirib tashlashdi», deb qo‘shimcha qildi bloger.

Natijada, Facebook Krishnanning sahifasini qayta tikladi, biroq ular akkaunt nima sababdan bloklab qo‘yilganini tushunirib berishmadi, shunchaki surat (aynan qaysi biriligi ma'lum emas) ijtimoiy tarmoqning foydalanish shartlariga zid kelishini aytib o‘tishgan. 

Mashable xodimlari  bloklanishning asosiy sababi deb original fotosuratdagi mushuk orqasida joylashgan va juda xira ko‘rinuvchi yozuvni taxmin qilishmoqda.

Mavzuga oid
Top