Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiyada AQShning tashlandiq harbiy bazasi tabiatni yo‘q qilish bilan xavf solmoqda
Grenlandiyada global issiqlik tufayli Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi aviabaza aniqlandi. Bu aviabaza AQShga tegishli bo‘lgan, biroq muzliklar eriy boshlaganda, amerikaliklar bu yerdagi faollik izlarini yashirishga ulgura olishmagan.
Yer sirtiga aviabazadan foydalanilganining ko‘plab izlari chiqib qolgan. Amerikaliklar bu bazani 1966 yilda tark etishgan va o‘z ortlaridan barcha uskunalar va tonnalab zaharli chiqindilarni qoldirib ketishgan. Ko‘rinishicha, Vashingtonda bu yerdagi muzliklar ularning sirini yuzlab yillarga "saqlab" qoladi" deb umid qilishgan. Biroq global isish Pentagon rejalariga putur yetkazib, sirni fosh qilgan.
Kanadalik fotosuratchi Ken Bauer "Bluie East Two" bazasidan qolgan narsalar: samolyot bo‘laklari, uskunalar, o‘q-dori va atrof-muhitga xavf soluvchi chiqindilarni suratlarda muhrladi.
Bauerning aytishicha, Grenlandiya tog‘larida ichida dinamit bo‘lgan yashiklar va bochkalarda 10 ming barreldan ko‘proq yoqilg‘i qolgan.
"Bluie East Two" aviabazasi Ikkattek qishlog‘i yaqinidagi qarovsiz baza bo‘lib, AQSh undan Ikkinchi jahon urushida 1942 yildan 1947 yilgacha faol foydalangan. Bugungi kunda minglab zanglab yotgan bochkalargina bu yerda bir vaqtlar baza bo‘lganidan darak beradi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026