Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sindzo Abe: Rossiya va Yaponiya munosabatlari AQShga bog‘liq emas
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya bilan Kuril orollari bo‘yicha muzokaralariga oydinlik kiritdi. Rasmiy Tokioning bu masalaga doir nuqtai-nazari parlament majlisida muhokama etilgan.
Abening aytishicha, Tokio va Moskva Kuril orollari muzokaralarida Qrim masalasini kun tartibiga kiritmaydi. Biroq, yapon bosh vaziri Qrim masalasida Tokio pozitsiyasi o‘zgarmasligini ta'kidlagan.
Abe shuningdek, Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Vashington tutgan o‘ringa ham oydinlik kiritgan.
"Biz Rossiya bilan olib borayotgan muzokaralarimizni ipidan-ignasigacha AQSh bilan maslahatlashmaymiz. Ammo, ittifoqchi sifatida asosiy jihatlarini ma'lum qilamiz", — degan Sindzo Abe.
Yaponiya hukumati rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabr oyida tashrif buyurayotganidan AQShning xabari borligini ham ma'lum qilgan. Uning aytishicha, Tokio Kuril orollarining 1956 yildagi SSSR-Yaponiya qo‘shma deklaratsiyasiga muvofiq ikkita janubiy orolini olish bo‘yicha shartga ko‘nmaydi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:40 / 18.06.2026