Bloomberg manbalarining ma’lum qilişiça, Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koştaning maslahatçisi Kremldagi yuqori lavozimli rasmiylardan biri bilan ikki marta telefon orqali suhbatlaşgan. Uşbu muloqotlar kelajakda Rossiya bilan mazmunli muzokaralar ötkaziş uçun zamin yaratiş maqsadida taşkil etilgani aytilmoqda.
Biroq agentlik mazkur suhbatlar qaçon bölib ötgani va ularda aynan qaysi şaxslar iştirok etganiga aniqlik kiritmagan.
Xabarda qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqi rahbariyati Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik körişni bir neça oy oldin boşlagan. Xususan, may oyi boşida Antoniu Koşta Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakçilari bilan Rossiya bilan muloqot uçun qanday format va qanday masalalar muhokama qilinişi lozimligini muhokama qilayotganini bildirgan edi.
Öşanda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkaziş imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlagan.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, Rossiyani tinçlik muzokaralari jarayoniga jalb qiliş strategiyasi Yevropa iqtisodiyotining uçta yirik markazi — Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan ham muhokama qilinmoqda. Naşrning yozişiça, bu jarayon Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan kelişilgan holda olib borilmoqda.
Yevropa davlatlari vakillari fikriça, frontda Rossiya armiyasi oldida turgan qiyinçiliklar, Ukraina tomonidan Rossiya hududlariga uyuştirilayotgan zarbalarning kuçayişi hamda iqtisodiy bosimning ortişi Moskvani muzokaralar stoliga ötirişga undaşi mumkin.
Ayni paytda na Yevropa kengaşi raisi matbuot xizmati, na Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bloomberğning bu boradagi sörovlariga rasmiy izoh bergan.
Ekspertlar ta’kidlaşiça, agar mazkur muloqotlar haqiqatan ham amalga oşirilgan bölsa, bu Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi mojaroni diplomatik yöl bilan hal etiş böyiça yangi sa’y-harakatlari sifatida baholanişi mumkin.












