Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani IShIDga qarshi kurashda AQSh xizmatlarini o‘zlashtirib olganlikda aybladi
AQSh Rossiyaning Suriyadagi ekstremizm bo‘yicha xavotirlariga qo‘shiladi, biroq u Rossiya IShIDga qarshi kurashda hech narsaga erishmagan, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Buni Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest aytib o‘tdi.
"Rossiya haqli ravishda Suriyadagi ekstremizmdan xavotirda. Oxirgi 7 oy ichida Rossiya IShIDga qarshi kurashda u ko‘rsata olishi mumkin bo‘lgan birorta maqsadiga erisha olmadi. Buning o‘rniga ular AQSh va bizning koalitsiya bo‘yicha hamkorlarimiz tomonidan o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiyalarni ular o‘tkazganlarini aytishgan", deb aytdi Ernest.
Avvalroq Oq uy Rossiya bilan Suriya bo‘yicha muloqotda "barchaning sabri tugaganini" aytgandi.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45