Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: Suriyada Rossiya va AQSh o‘rtasida harbiy to‘qnashuv yuz berishi mumkin
Rossiya va AQSh aloqalarining asosiy maqsadi RF va AQSh harbiylari o‘rtasida, xususan Suriyada to‘qnashuv kelib chiqmasligini ta'minlash edi. G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosatshunoslik va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perenjiyev RIA Novosti agentligiga shunday fikrlarni bildirgan.
Avval xabar qilganimizdek, Amerika Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi, AQSh Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha RF bilan ikki tomonlama hamkorlikka barham berishini ma'lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriya arab respublikasida Rossiya va AQSh harbiy havo kuchlarining to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida harbiy aloqani saqlab qoladi. RF TIV o‘z navbatida, bu qarorni izohlar ekan, afsusini bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Vashingtonning Moskva bilan Suriya muammosi yuzasidan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgani, AQShning o‘z zimmasiga olgan majburiyatini bajara olmasligini anglatadi.

"Mening fikrimcha, Sergey Lavrov va Jon Kerrining muzokaralari Rossiya va AQShning Suriyadagi harbiy to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan edi. Boshqa masalalarda samarali hamkorlik bo‘lishi mumkin emas, chunki Rossiya va Amerikaning Suriyadagi maqsadi turlichadir. Rossiya yagona va do‘stona Suriya arab respublikasi tarafdori. Qo‘shma Shtatlar niyati— SAR prezidenti Bashar Asadni ag‘darib, mamlakatni o‘zining nazoratidagi mitti davlatlarga parchalab tashlashdir", — degan Perenjiyev.
Siyosatshunosning aytishicha, yana bir xavotirli jihat AQShdagi prezidentlik saylovidan keyingi holatdir.

"Kim rahbar bo‘lishi noma'lum. Yangi rahbariyatning ko‘rsatmalari qanday bo‘ladi? Hozirgi Vashington ma'muriyati "qancha yomon bo‘lsa — shuncha yaxshi" qoidasiga amal qilayotgani ko‘rinib turibdi. Shu sababli, Suriya bo‘yicha hamkorlikni yo‘qqa chiqarish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Agar Hillari Klinton g‘alaba qozongudek bo‘lsa, u juda ham kuch sarflashi talab etilmaydi. Ammo, Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelib, Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilashni xohlasa, hozirgi holatdan kerakli darajaga chiqishi oson bo‘lmaydi", — deb hisoblaydi harbiy ekspert.
"Afsuski, Suriyada RF va AQShning harbiy to‘qnashuvi ehtimoli mavjud. Aslida, bu jarayon ham amalda yuz berib bo‘lgan: amerikaliklar Rossiya harbiy maslahatchilari bo‘lgan Suriya qo‘shinlarini bombardimon qildi; rossiyaliklar tarkibida amerikaliklar bo‘lgan kuchlarni bombardimon qildi", — deb qo‘shimcha qilgan Perenjiyev.
Uning taxmin qilishicha, global miqyosdagi harbiy mojaro, shu jumladan RF va AQSh Qurolli kuchlarining SARdagi to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

"Suriya istiqboli haqida so‘z yuritganda, albatta, vaziyat ancha jiddiy. Biroq, menimcha, bevosita harbiy to‘qnashuv yuz bermaydi. Ikki yillar avval, xuddi shunday holatning oldini olish maqsadida AQSh va Rossiya o‘rtasidagi aloqa usuli ishlab chiqilgan, bunda tomonlar oliy darajada muloqot o‘tkazib, vaziyatni hal qilishlari lozim bo‘ladi", — deya xulosa qilgan siyosatshunos.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45