Özbekiston taşqi işlar vazirining matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Rossiyada migrantlar uçun mobil telefon xarid qiliş majburiy qilinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan barça çet el fuqarolari majburiy tarzda maxsus mobil telefon xarid qilişi haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga töliq mos kelmaydi. Hozirgi vaqtda uşbu masalaga oid qonun loyihasi muhokama bosqiçida bölib, u hali qabul qilinmagan.
Şuningdek, qonun loyihasida nazarda tutilgan normalar barça çet el fuqarolariga emas, balki mobil qurilmaga ega bölmagan yoki “Amina” ilovasini örnatiş va undan foydalanişni texnik jihatdan qöllab-quvvatlamaydigan mobil qurilmalardan foydalanuvçi şaxslarga nisbatan tatbiq etilişi közda tutilgan.
Şu bois, barça fuqarolar majburiy tarzda maxsus mobil telefon sotib olişi şartligi haqidagi talqinlar notöğri ekanligini ma’lum qilamiz”, – dedi Fayziyev.
Avvalroq Rossiya içki işlar vaziri örinbosari Igor Zubov Rossiyaga uzoqroq muddatga kelgan migrantlar röyxatdan ötişda telefon sotib olişi şart bölişini aytgandi.
“Kelajakda nima bölişi, qayoqqa ketayotganimiz hammaga qiziq. Bu yerga, ayniqsa, işlaş yoki uzoq muddatga kelgan har bir migrant röyxatdan ötişda telefon sotib olişi şart böladi. Bu telefonda uning elektron profili joylaşadi. Va biz har bir migrantning qayerdaligini bilib turamiz”, degandi u.









