Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yaqin orada uchta sun'iy yo‘ldosh uchirmoqchi
Eron yaqin 1,5 yil ichida o‘zi ishlab chiqargan 3 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqmoqchi, deb aytdi Eron koinot agentligi rahbari Muhsin Bahromiy.
Bahromiyning aytishicha, "Sharif Sat" sun'iy yo‘ldoshiga ega raketa mamlakatda qabul qilingan taqvim bo‘yicha joriy yil oxirida, ya'ni 2017 yil mart oyi oxirigacha uchiriladi.
"Naxid-1" va "Amir Kabir" sun'iy yo‘ldoshlari keyingi yil oxirida uchiriladi, deb ma'lum qildi IRNA axborot agentligi.
Bahromiyning ta'kidlashicha, "Naxid-1" va " Sharif Sat" mos ravishda aloqa va kuzatuv yo‘ldoshlari hisoblanadi. Yaqin kelajakda "Sadr" yo‘ldoshini qurish rejalashtirilgan.
Eron hukumati mamlakatning raketa dasturini faol rivojlantirish niyatini bildirgan. Bu rejalar g‘arb davlatlarining noroziligini keltirib chiqarmoqda. Ularning fikricha, ballistik raketalarning uchirilishi Tehronning yadroviy kelishuv doirasida qabul qilgan majburiyatlariga zid keladi.
Eron hukumati o‘z navbatida kelishuvlarni buzmayotganini ta'kidlamoqda. Kelishuvlarga ko‘ra, yadroviy kallakka ega raketalarni sinovdan o‘tkazishgina taqiqlangan.