Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin politsiyachisi prezident buyrug‘i bilan ommaviy qotillik sodir etilganini tan oldi
Filippin milliy politsiyasining yuqori martabali xodimi The Guardian muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte buyrug‘i bilan giyohvand moddalar sotuvchi hamda ularni iste'mol qiluvchi kishilarni o‘ldirganini tan oldi. Nomi oshkor qilinmagan suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, hukumat giyohvand modda savdosi yoki uning iste'molida gumon qilinuvchi kishilarni tergov va sud ishisiz otib tashlovchi politsiyachilardan iborat maxfiy otryad tuzgan.
"Biz yomon politsiyachi ham, yomon odam ham emasmiz. Biz shunchaki yomon yo‘ldan yurgan odamlarning jonini osmonga qaytaruvchi qurolmiz, farishtamiz, xolos", - dedi politsiya xodimi.
Ofitserning so‘zlariga ko‘ra, jami 10 maxfiy otryad tuzilgan bo‘lib, ularning har birida 16 nafardan kishi xizmat ko‘rsatadi. Politsiya xodimi birgina uning o‘zi so‘nggi 3 oy ichida kamida 86 qotillikka aloqador ekanini ma'lum qilgan. "Bularning barchasi huzur-halovat uchun qilinayotgani yo‘q", - deya ta'kidladi manba.
Politsiya xodimi aksariyat qotilliklar tunda sodir bo‘layotganini aytgan. Qop-qora libosga burkanib olgan maxsus otryad xizmatchilari o‘z ishlarini tez, aniq va guvohlarsiz bajarishadi. Qurbonlarning jasadi qo‘shni shaharga olib ketiladi yoki ko‘prik ostiga tashlab ketiladi - qatl qilinganlarning boshi skotch bilan o‘rab tashlanadi, tanasiga esa "giyohvand modda sotuvchisi" yozuvi tushirilgan taxta yopishtiriladi. Politsiyachi jurnalistlar tergovga vaqtlarini zoye ketkazmasliklari uchun shunday qilinishini aytgan.
Manbaga ko‘ra, maxfiy otryadlar Duterte prezidentlik lavozimini egallagach, shu yilning yoz oylarida tashkil etilgan. Joriy yilning 1 iyulidan Filippinda taxminan 3,6 ming nafar kishi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026