Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jazoga tortildi
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida qonun buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Qarshi shahrida yashovchi fuqaro Zaynulla Umarov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tanishi Rohila Soatovaning uyida yashirin sex tashkil qilib, Mirishkor tumanida yashovchi fuqarolar Asror Boymatov va Ahadbekdan qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan yog‘ mahsulotlarini xarid qilgan. Keyin Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi “Ikrom” ismli shaxsdan turli sig‘imli polietilen idishlar va “SOF”, “Kosonyog‘”, “Qarshiyog‘” degan nomlar ko‘rsatilgan etiketkalarni olib, yog‘ni yelim idishlarga qadoqlab chiqqan va ularni go‘yo zavodda ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida Qarshi shahridagi savdo do‘konlariga yetkazib bergan.
Tadbir davomida Z. Umarovdan qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan 9 mln. 459 ming so‘mlik paxta yog‘i, yog‘ sotishdan tushgan 4 mln. 259 ming so‘mlik pul, 746 dona bo‘sh yelim idishlar, yelim qopqoqlar, 5870 dona “SOF”, “Kosonyog‘”, “Qarshiyog‘” nomli etiketkalar va boshqa jami 17 mln. so‘mlikdan oshiq mahsulotlar hamda unga tegishli, noqonuniy faoliyatda foydalanilgan “Damas” rusumli avtomashina ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
O‘tkazilgan tadbirda, shuningdek, Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon oziq-ovqat bozorida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor Nosir Begmatovga tegishli savdo do‘konidan yashirin sexlarda ishlab chiqarilgan iste'molga yaroqsiz 421 litr paxta yog‘i, yakka tartibdagi tadbirkor Shokir Odilovga tegishli savdo do‘konidan ham xuddi shunday usulda ishlab chiqarilgan 287 litr iste'molga yaroqsiz paxta yog‘i topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026