Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaga S-300 batareyasi tashlanganini tasdiqladi
Rossiya mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov 4 oktabrda Suriyada S-300 batareyasi borligini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Haqiqatan ham Suriyaga S-300 zenit-raketa majmuasi batareyasi yetkazilgan", deb aytdi Konashenkov.
Konashenkov bu xabar nima uchun Rossiyaning xorijlik hamkasblarida sarosima keltirib chiqargani tushunarsiz ekanligini aytdi. U bungacha ushbu hududda shunday tizimning dengizdagi varianti – "Fort" majmuasi joylashganini aytgan. Bu tizim bilan Qora dengiz flotining "Moskva" raketa kreyseri jihozlangan.
Avvalroq Fox News telekanali Vashingtondagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Rossiya Suriyaga uzoq masofalarga mo‘ljallangan S-300V4 havo hujumlariga qarshi mudofaa tizimini yetkazganini ma'lum qilgan. Bu tizim qanotli raketalarni urib tushirishga qodir. AQSh razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, tizim Suriyaning Tartusdagi harbiy-dengiz bazasiga o‘tgan dam olish kunlari tashlangan. Telekanalning ta'kidlashicha, bu S-300V4 tizimi Rossiyadan tashqarida joylashtirilgan birinchi holatdir.
Manba IShID va "Jibhat an-Nusra"da aviatsiya va qanotli raketalar yo‘qligi va bu tizim kim uchun mo‘ljallanganligi borasida savol tug‘ilayotganini aytgan. Tizimning Suriyada paydo bo‘lishi Rossiyaning AQSh va uning ittifoqchilari taxminiy hujumidan himoyalanishni kuchaytirishini anglatishi taxmin qilingan.
S-300V4 havo va raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi bo‘lib, S-300V tizimlari o‘rniga kelmoqda. Bu tizimning S-300VM "Antey-2500" indeksi ostidagi versiyasi eksport qilinadi. Tizimning ta'sir qilish uzoqligi 400 km ga yetadi, u shuningdek o‘rta ta'sir masofasiga ega tezkor-taktik ballistik raketalarni urib tushira oladi.
2015 yil noyabrda Rossiya Turkiya HHK Su-24 samolyotini urib tushirgandan keyin Lataqiyadagi bazada S-400 tizimini joylashtirishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026