Jahon | 07:25 / 04.10.2016
9052
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV: AQSh Suriyada hokimiyatni o‘zgartirish uchun "iblis bilan bitim tuzishga ham tayyor"

Rossiya tashqi ishlar vazirligida agar Suriya terrorchilarning yangi zarbalari obektiga aylansa, bunda ayb Rossiya bilan Suriya masalasi bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatgan AQSh zimmasida bo‘ladi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Agar Suriya AQSh qarorlari oqibatida terrorchilarning yangi zarbalari obektiga aylansa, bunda ayb Oq uy zimmasida bo‘ladi. Tanlov Vashington ortidan, u yerda Suriya xalqi uchun qanday kelajak istalayotgani aql bilan tarozuga solinishi kerak", deyildi Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Bundan tashqari, vazirlikda Moskvada AQSh Suriyadagi tuzumni almashtirish uchun terrorchilar bilan ittifoqqa borishga va "iblis bilan bitim tuzishga ham tayyorligi" xususida taassurot kuchaymoqda. 

"Vashington Damashqda hokimiyatni almashtirish istagida "iblis bilan bitim tuzishga" –  tarixni orqaga o‘girishni istovchi va o‘zining vahshiy me'yorlarini kuch bilan o‘tkazmoqchi bo‘lgan ashaddiy terrorchilar bilan ittifoq tuzishga ham tayyor", deyildi vazirlikda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid