Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda robot xorijiy sayyohlarga manzilini ko‘rsatadi
Kun chiqar yurtda yapon, ingliz va xitoy tillarida so‘zlasha oladigan robot xorijiy va mahalliy sayyohlarga mehmonxonasiga qanday qilib tezroq borish va keraksiz yuklarni qayerda qoldirish mumkinligini ma'lum qiladi.
Robot tajriba tariqasida Tokio bekatining axborot bo‘limida uch kunlik sinovdan o‘tadi. NHK telekanalining xabar qilishicha, u sun'iy aql bilan jihozlangan bo‘lib, tilni zudlik bilan aniqlay oladi va o‘sha tilda muloqotni davom ettiradi. U, 200ta savolga javob berib, xaritada ko‘rsata oladi. Hitachi kompaniyasi ishlab chiqqan robot mehmonxonalar yoki shaharning diqqatga sazovor joylariga qanday qilib tezroq borish mumkinligini, metroning qaysi bekatida poyezdga chiqish va tushish hamda boshqa ko‘pgina foydali ma'lumotlarni bera oladi.
Tajriba, Yaponiya poytaxtini 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga tayyorlash borasidagi tayyorgarliklardan biridir.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
11:45 / 22.06.2026