Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada favqulodda holat rejimi yana 3 oyga uzaytirildi
Turkiya hukumati favqulodda holat tartibini yana 90 kunga uzaytirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lum qilgan.
"21 avgustda joriy etilgan favqulodda holat tartibi 19 oktabrda yakunlanadi. Bugun hukumat yig‘ilishida 19 oktabrdan boshlab yana 90 kun mobaynida favqulodda holat tartibi amalda bo‘lishi bo‘yicha qaror qabul qilindi", degan Kurtulmush Anqaradagi jurnalistlarga.
Turkiya milliy xavfsizlik xizmatining o‘tgan haftada o‘tkazilgan yig‘ilishida mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga favqulodda holat tartibini uzaytirish maslahati berilgandi.
Favqulodda holat rejimi 16 iyul voqealari tufayli joriy etilgan.
Mavzuga oid
13:16 / 03.01.2026
Maduro favqulodda holat joriy etish haqida farmon chiqargani aytilmoqda
15:37 / 21.07.2025
Bangladeshda harbiy samolyot kollej hududiga quladi, kamida 19 kishi halok bo‘lgan
18:08 / 10.07.2025
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi
22:16 / 31.01.2025