Turli OAV “Venesuelaga qilingan hujumga javoban” Maduro favqulodda holat joriy etgani haqida TIV rahbari bayonot berganini xabar qildi. 

3 yanvarga ötar keçasi Venesuela poytaxti Karakasda ketma-ket kuçli şovqinlar va portlaşlar haqida xabarlar tarqaldi. Reuters guvohlarga tayanib, şaharning janubiy qismida yirik harbiy baza yaqinida elektr öçgani va tutun ustuni köringanini yozdi, ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi videolar hali mustaqil tasdiqlanmagan. 

Associated Press esa mahalliy aholi kamida yettita portlaş va pastdan uçgan havo kemalariga öxşaş şovqinni eşitganini, odamlar qörquv bilan köçaga çiqqanini xabar qildi. 

Reuters va The Guardian ma’lumotlariga köra, hodisa sabablari böyiça Venesuela hukumati hozirça rasmiy bayonot bermagan, Pentagon ham izoh bermagan. 

Hodisa AQŞ–Venesuela munosabatlarida bosim kuçaygan davrga töğri kelmoqda: Reuters’ning oldingi xabarida Maduro AQŞ bilan “jiddiy” muzokaralarga tayyor ekanini aytgani, biroq ayrim ehtimoliy zarbalar böyiça aniq tasdiq yoki inkor bölmagani qayd etilgan.