7 sentabr kuni soat 15:00 da Buyuk Britaniyadagi barça smartfonlarda favqulodda ogohlantiriş tizimi işga tuşadi — 85 millionga yaqin qurilma bir vaqtning özida 10 soniya davomida baland ovozli signal çiqaradi. Bu favqulodda vaziyatlardan ogohlantiriş milliy tizimi keng qamrovli sinovining bir qismidir.
Telefon ekranida matnli xabar ham paydo böladi, uning mazmuni hali oşkor etilmagan. Ogohlantirişlar fuqarolarni tahdidlar - masalan, böronlar, terroristik hujumlar yoki boşqa favqulodda vaziyatlarda tezkor xabardor qiliş uçun işlatiladi.
Tizim signallarni mamlakat böylab ham, alohida hududlarga ham yuboriş imkoniga ega. Misol uçun, ötgan yili kuçli şamol kutilayotgan yoki Ikkinçi jahon uruşidan qolgan öq-dorilar topilgan hududlar aholisiga bu haqda ogohlantiruvçi xabarlar yuborilgan.
Şunga öxşaş tizimlar AQŞ, Yaponiya, Germaniya va boşqa mamlakatlarda ham bor. Ba’zilar, Finlandiya kabi, har oyda, boşqalari - yiliga bir marta şunday sinovlarni ötkazadi.
Hukumat telefondagi favqulodda ogohlantiriş oliş funksiyasini öçirmaslikni tavsiya qilsa-da, foydalanuvçilar bunday xabarlarni olişdan voz keçiş imkoniyatiga ega.












