Sport | 16:32 / 04.10.2016
11616
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibni e'lon qildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi. 

Avvalroq xabar berilganidek, 13 oktabr kuni Bahraynda U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘yinlari start oladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 5 oktabr kuni BAAning Dubay shahriga jo‘nab ketadi. Terma jamoa Dubay shahrida bir hafta davomida yig‘in o‘tkazadi va Bahraynga yo‘l oladi.

Bugun mazkur terma jamoa murabbiylari va futbolchilari O‘FF anjumanlar zalida Osiyo chempionatiga jo‘nab ketish oldidan O‘FF rahbariyati bilan uchrashdi. Yig‘ilishda, murabbiylar, futbolchilar Osiyo chempionati o‘yinlarida munosib ishtirok etishga harakat qilishlarini tak'idlashdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov mazkur turnirga jami 22 nafar futbolchini tarkibga kiritgan.

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi:

 

Darvozabonlar

Ism-familiyasi

Tug‘ilgan yili

Klubi

Hamroyev Umidjon

1997

“Paxtakor”

Raimov Shohruxjon

1997

“Paxtakor”

Ergashev Umidjon

1999

 “Nasaf”

 

Himoyachilar

Ism-familiyasi

Tug‘ilgan yili

Klubi

G‘ofurov Husniddin

1997

“Neftchi”

Avilov Hushnudbek

1998

“Paxtakor”

Qobilov Islomjon

1997

“Metallurg”

Rustamov Oybek

1997

“Qo‘qon-1912”

Suyunov Aziz

1997

“Olmaliq”

 

Yarim himoyachilar

Ism-familiyasi

Tug‘ilgan yili

Klubi

Mahmudhojiyev Shohrux

1998

“Paxtakor”

Muhiddinov Sharof

1997

“Nasaf”

Qodirqulov Sanjar

1997

“Bunyodkor”

G‘aniyev Aziz

1998

“Nasaf”

Nurulloyev Suhrob

1998

ROZK

Davlatjonov Saidjamol

1997

“Dinamo”

Ibragimov Doston

1997

“Dinamo”

Alijonov Hojiakbar

1997

“Paxtakor”

Yusupov Jamshid

1997

“Paxtakor”

To‘xtasinov Nurillo

1997

“Bunyodkor”

 

Hujumchilar

Ism-familiyasi

Tug‘ilgan yili

 Klubi

G‘anijonov Behzod

1998

“Qizilqum”

Yaxshiboyev Jasurbek

1997

“Paxtakor”

Esonqulov Javohir

1997

“Metallurg”

Abduholiqov Bobur

1997

“Nasaf”

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid