Jahon | 00:32 / 05.10.2016
14340
2 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts AQShning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga yana boshchilik qilmoqda

Foto: © AFP

Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts Forbes nashri bo‘yicha 400 nafar eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini egalladi. Donald Tramp esa bu ro‘yxatda 121 pozitsiyaga pastlab ketdi.

Nashrning ma'lum qilishicha,  Geyts 23 marta ketma-ket AQShning eng boy odami bo‘ldi. Uning davlati 81 mlrd dollarga baholangan. 2-o‘rinni Amazon.com onlayn-do‘koni asoschisi Jyeff Bezos 67 mlrd dollarlik boylik bilan egallagan. Undan keyin Uorren Baffet kelmoqda, u 15 yil ichida birinchi marta 3-o‘rinni egalladi.

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg yuqori to‘rtlikdan joy oldi, uning boyligi 55,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

2016 yilgi amerikalik milliarder ro‘yxatiga AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp ham kiritildi: u o‘tgan yilgi 35-o‘rindan 156-o‘ringa tushib ketgan, uning boyligi 3,7 mlrd dollarga baholangan.

2016 yilgi 400 nafar eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatining eng quyi pog‘onasini egallagan odamning boyligi 1,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ro‘yxatdagi 10 foiz milliarder 21 ta davlatdan kelgan muhojirlardir. Ro‘yxatga shuningdek 22 nafar yangi milliarder kiritilgan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid