09:51 / 05.10.2016
4848

Kerri Afg‘oniston rahbariyati bilan mamlakatdagi terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 4 oktabr kuni Bryusselda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va mamlakat hukumati boshlig‘i Abdulla Abdulla bilan uchrashdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi terrorizmga qarshi kurash masalasi muhokama etilgan.

"Davlat kotibi AQShning Afg‘onistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tomonlama taraqqiy etishi tarafdori ekanini tasdiqladi. Shuningdek, AQSh va harbiy Alyans afg‘onistonliklarning milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. U shuningdek, AQSh Afg‘onistonning hozirgi hukumati olib borayotgan siyosatni ma'qullashini ta'kidlab o‘tgan", deyiladi xabarda.

Kerri va Afg‘oniston yetakchilari mamlakatada korrupsiya, xavfsizlikni ta'minlash hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha islohotlarni davom ettirish haqida muhokama o‘tkazishgan.

Top