Bryussel sovuq uruş davridan beri amal qilib kelayotgan YeIga qöşiliş (kengayiş) tizimini isloh qiliş böyiça takliflar işlab çiqmoqda va uni Ukraina Kiyev hamda Moskva örtasida tinçlik kelişuvi tuzilgan taqdirda tezroq a’zo bölişiga yordam berişi mumkin bölgan ikki bosqiçli model bilan almaştirişni istayapti. Bu haqda Financial Times (FT) gazetasi juma kuni, 16 yanvarda xabar berdi.

Yevrokomissiya tayyorlayotgan dastlabki rejaga köra, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qöşilişi mumkin, biroq çeklangan vakolatlar bilan. Masalan, Kiyev dastlabki bosqiçda YeI sammitlari va vazirlar darajasidagi uçraşuvlarda töliq ovoz beriş huquqiga ega bölmaydi. Şu bilan birga, loyihaga köra, u yagona bozorning bir qator sohalariga, qişloq xöjaligi subsidiyalariga va ittifoqning içki moliyalaştiriş instrumentlariga bosqiçma-bosqiç kiriş imkoniyatini oladi.

“Ğayrioddiy zamonlar ğayrioddiy çoralarni talab qiladi. Biz kengayiş jarayonini yemirmayapmiz. Biz kengayiş konsepsiyasini kengaytiryapmiz”, — dedi YeI diplomatlaridan biri.

Şu orada YeIga a’zo bölgan ayrim davlatlar va a’zolikka intilayotgan mamlakatlar vakillari Yevrokomissiya bilan norasmiy muhokamalar çoğida uşbu konsepsiya ularda çuqur xavotir uyğotayotganini bildirgan. Ulardan ba’zilari bu yondaşuv ittifoqning kelajakdagi barqarorligiga salbiy ta’sir qilişi, a’zolik qadrini pasaytirişi va nomzod davlatlar noroziligiga sabab bölişi mumkinligidan xavotirda.

Bundan taşqari, “soddalaştirilgan” kengayiş variantini Bosniya va Hersegovina, şuningdek Turkiya kabi davlatlarga ham taklif etiş mumkinmi, degan savollar paydo bölmoqda.

Şu bilan birga, Albaniya boş vaziri Edi Rama Politico naşriga bu çoralar “yaxşi ğoya” ekanini aytgan va Tirana ma’lum bir davr mobaynida Bryusselda yevrokomissarga ega bölmaslikka ham rozi bölişini bildirgan.

Uning sözlariga köra, Albaniya Fransiya va Germaniya kabi yirik asosçi davlatlarning irodasiga qarşi çiqişni istamaydi. “Oxir-oqibat, ular — oilada muhim qarorlar qabul qiladigan kattalar”, — dedi u va şunday qöşimça qildi: agar bu davlatlar “nimanidir sindirib” qöysa, bu yangi a’zolarning aybi bölmaydi.

Şunga öxşaş pozitsiyani Gurjistonning 5-prezidenti Salome Zurabişvili ham qöllab-quvvatladi. “Kiçik mamlakat sifatida biz albatta hamjamiyat, oila bir qismi bölişga, YeIni taşkil etuvçi dasturlarda qatnaşişga qiziqamiz, ammo qaror qabul qiliş jarayonida teng iştirokçi bölişga emas, çunki bu taşkilotni yaratgan davlatlar ança ta’sirçan”, — dedi Zurabişvili.