Bryussel jinoyat işlari sudi rossiyalik uç nafar şaxsga nisbatan Yevropa Ittifoqining sanksiyalari buzilgani haqidagi işni körib çiqadi. Jinoyat işlari böyiça palata federal prokuratura xulosalarini qöllab-quvvatladi va iş böyiça ayblov xulosasini sudga yölladi, deb xabar berdi prokuratura duşanba, 23 fevral kuni DW’ning Bryusseldagi muxbirining söroviga javoban.

Kelib çiqişi rossiyalik bölgan Belgiya fuqarolari Ukrainaga qarşi RF uruşi sabab joriy etilgan Yevropa sanksiyalarini Belgiya kompaniyalari orqali çetlab ötişda gumonlanmoqda.

Prokuratura ularning töliq ism-şarifini aytmadi, faqat boş harflari va yoşini körsatdi. Gap V.L. (1961 yilda tuğilgan) va uning öğli R.L. (1988 yilda tuğilgan), şuningdek I.P. (1984 yilda tuğilgan) haqida ketmoqda. Ayblanuvçilardan kattasi hozirda tergov izolyatorida saqlanmoqda. Uning öğli xalqaro hibs orderi orqali qidirilmoqda. Uçinçi ayblanuvçi esa muayyan taqiqlarga rioya qiliş şarti bilan garov evaziga ozod qilingan.

Iş figurantlariga, jumladan, jinoiy taşkilotda iştirok etiş, şuningdek Bryussel qarorining mudofaa mahsulotlari va ikki maqsadli (dual-use) tovarlar eksportiga oid 42-moddasini buziş ayblari qöyilmoqda. Prokuratura ma’lumotiga köra, ular Yevropa Ittifoqi 2014 yilda RFga nisbatan joriy etgan sanksiyalar doirasiga tuşuvçi qator tovarlarni Rossiyaga eksport qiliş uçun javobgar hisoblanadi. Ular orasida temir alyuminidlari, ittriy oksidi va portlovçi moddalar tarqalişini aniqlaş detektorlari bor.

Ayblov xulosasida aytilişiça, ayblanuvçilar eksportning mohiyatini yaşiriş va mas’uliyatni niqoblaş uçun qalbaki hujjatlardan foydalangan. Prokuraturaga köra, ularga nisbatan sud jarayoni yaqin orada boşlanadi.

Bir neça kun oldin The Insider naşri Belgiya federal prokuraturasiga tayanib, RF Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi (GRU) ehtimoliy xodimi Viktor Labin hibsga olinganini xabar qildi. U Rossiya mudofaa sanoati uçun möljallangan ölçaş maşinalarini eksport qilişda gumonlanmoqda. Uşbu ma’lumotlarga köra, Belgiya politsiyasi Labinga nisbatan tintuv işlarini 2025 yil iyun oyida ötkazgan. Şundan beri u hibsda, işi böyiça sud 26 fevral kuni boşlanişi aytilgan.

Katta Labin The Insider’ning RFga qarşi sanksiyalarni çetlab ötiş sxemalari haqidagi suriştiruvida ham figurant sifatida tilga olinadi. U Belgiyada öğillari Roman va Ruslan bilan birga biznes yuritgan, Groupe d'Investissement Financier kompaniyasini ta’sis etgan. Kompaniya Rossiyaning harbiy pudratçilariga yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berişga ixtisoslaşgan. Tovarlarning oxirgi qabul qiluvçisi sifatida Moskvada röyxatdan ötgan “Sonatek” MÇJ körsatilgan, uning egalari ham Labinlar oilasi bölgan.