Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi: Anqara Halabda jangovar operatsiyalar o‘tkazmagan
Turkiya Halabda jangovar operatsiyalar o‘tkazmagan, uning aviatsiyasi harakatlari oqibatida Suriyada fuqarolar orasida qurbonlar bo‘lmagan. Bu haqda 5 oktabrda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lum qildi.
Harbiylar "OAVning bugungi operatsiyalar oqibatida tinch aholi o‘lgani haqidagi xabarini ochiqchasiga ig‘vo" deb atadilar. "Mintaqada zarbalar berish uchun nishonlar juda sinchkovlik bilan tanlanadi va bir necha marotaba tekshiriladi", deb ma'lum qildi bosh shtab.
"Ba'zi manbalarning biz tomondan Halabda o‘tkazilgan operatsiya haqidagi ma'lumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bizning bunga umuman aloqamiz yo‘q", dedilar harbiylar. Avvalroq ba'zi turkiy tildagi OAV Suriya muxolifatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda turk harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Bosh shtab "bugun "Evfrot qalqoni" operatsiyasi doirasida Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyaning Aktarin va Kabtan tumanlarida amalga oshirilgan harakatlar natijasida IShIDga tegishli qo‘mondonlik punkti va 4 ta bino yo‘q qilinganini" ma'lum qildi.