Jahon | 19:17 / 06.10.2016
6477
2 daqiqa o‘qiladi

BMTdagilar Halab sharqi yil oxirigacha butkul vayron bo‘lishidan xavfsirashmoqda

Foto: © AFP

Agar Suriyaning Halab shahri sharqidagi harbiy harakatlar o‘z jadalligini saqlab qolsa, unda shaharning bu qismi yil oxirigacha butkul vayron bo‘ladi. Bunday fikrni BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bildirdi.

"Bombardimonlar davom etsa, nima bo‘lishi mumkin? Bombardimonlar bunday jadallik bilan borsa, sharqiy Halab eng ko‘pi bilan 2-2,5 oyda butkul vayron bo‘ladi. Biz ayniqsa shaharning eski qismi haqida gapirmoqdamiz", deb aytgan de Mistura.

U Moskva va Damashqni "ular agar "Jibhat an-Nusra" qurolni tashlasa, bombardimonlarni to‘liq to‘xtatishga tayyorliklari" haqida tezroq javob berishga chaqirdi. Diplomat, shuningdek, jangarilarga ular sharqiy Halabda qamalda ushlab turgan 275 ming tinch aholini ozod qilish chaqirig‘i bilan murojaat qildi. De Mistura bunday vaziyatda u aholini shahardan chiqishda shaxsan o‘zi kuzatib borishga tayyorligini aytgan.

De Mistura "Jibhat an-Nusra"ning Halabdan Idlibga xavfsiz ketishi uchun jumladan Moskva va Damashqning kafolatlari zarurligi haqida o‘ziga hisobot berishini ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq De Mistura sharqiy Halabda terrorchilik guruhining 900 ga yaqin jangarisi borligini ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid