Gruziya muxolifati Saakashvilini supurgilar bilan kutib olishga chiqdi
Gruziyaning «Topadze — sanoatchilar, Bizning Gruziya» saylov bloki vakillari respublikaning Turkiya bilan chegarasiga supurgilar bilan kelishgan. Ular, sobiq davlat rahbari Mixail Saakashvilining kelishi ehtimoliga noroziliklarini shu tarzda izhor qilishgan, deya xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
Siyosiy birlashma tarqatgan bayonotga ko‘ra, blok tarafdorlari Saakashvilining Gruziyaga kelishiga qarshi chiqib, hukumatdan bunga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqda. Namoyish tashkilotchilarning o‘zlari Turkiya-Gruziya chegarasida siyosatchining kelishi ehtimoliga qarshi miting tashkil etishga qaror qilishgan.
Gruziya poytaxti Tbilisi shahridagi Atirgul maydonida Saakashvili prezidentligi davrida hukumat partiyasi bo‘lgan «Yagona milliy harakat»ning 10 mingdan 20 minggacha tarafdori to‘plangani xabar qilinayapti. Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Saakashvili videoaloqa vositasida miting ishtirokchilariga murojaat qilib, 8 oktabr kungi saylovlarda partiya g‘alaba qozongudek bo‘lsa, respublikaga qaytishini bildirgan.
Mavzuga oid
10:19 / 13.11.2024
Abxaziyada qo‘lga olingan muxolifatchilar ozod qilindi
23:12 / 28.10.2024
Gurjiston poytaxtida parlament saylovlari natijasiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024